"Real Sosedad" ustozi: "Messi bizga mos kelmaydi"

Eldor Akmurzayev
11 okt 2019
Real Sosedad bosh murabbiyi Imanol Alguasil Barselona sardori Lionel Messiga murabbiylik qilishni xohlmasligini aytdi.

Messi klubimiz qadriyatlari va turmush tarziga mos kelmaydi. Shunga qaramay, bu uning ajoyib futbolchi ekanligi va maydonda aql bovar qilmas ishlarni amalga oshira olishini inkor etmaydi. Qaysi futbolchilarga murabbiylik qilishni xohlardim? Biror nom hayolimga kelmayapti, – deya qayd etgan Alguasil.

Eslatib o'tamiz, san-sebastyanliklar La Liganing 8-turidan so'ng, 13 ochko bilan jadvalda 5-o'rinda borishmoqda. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca