"Real Sosedad" "Real" himoyachisi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2023, 13:49
Futbolchi sobiq jamoasiga qaytdi.

Alvaro Odriosola "Real Sosedad" bilan shartnoma imzoladi.

27 yoshli ispaniyalik futbolchi "Real Sosedad" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Real"ga 2018 yilda 32 million evrolik tovon puli evaziga o'tgandi, biroq poytaxt klubida o'z o'rniga ega bo'la olmadi.

"Qaymoqranglilar" himoyachini "Bavariya" va "Fiorentina"ga ijaraga bergandi, shu bois Odriosola besh yil ichida "Real" safida bor-yo'g'i 49 ta o'yin o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realsociedad.eus