

“Qaymoqranglilar" Rodrini jamoa yetakchisi rolini o'z zimmasiga olishga tayyor, himoyani mustahkamlay oladigan va maydonda jamoani boshqara oladigan futbolchi deb hisoblamoqda. Avvalroq, "Manchester Siti" va Rodri yaqin orada shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirayotgani ma'lum bo'lgandi. Insayderlar xabariga ko'ra, Rodri parallel ravishda "Real"ga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Rodri 2019 yildan beri "Manchester Siti"da o'ynamoqda. Futbolchi joriy mavsum APLda 12 ta o'yinda maydonga tushdi.



