"Real" Rodrini o'z safiga qo'shib olmoqchi emas. "Siti" xavbeki madridliklarning rejasida yo'q

Alisher Ostonov
8 mar 2026
"Real" Rodrini yozgi transferlar oynasidagi maqsadlari ro'yxatiga kiritmadi.

"Qaymoqranglilar" maydon markazini kuchaytirmoqchi, ammo "Manchester Siti"ning 29 yoshli yarim himoyachisi Madrid klubi rejalaridan o'rin olmagan. Rodrining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan va ingliz klubi uni uzaytirish bo'yicha taklif bilan chiqqan.

"Siti"ning ko'plab futbolchilari klubdagi kelajagini Pep Gvardiolaning qarori bilan bog'lamoqda, ispaniyalik murabbiyning jamoa boshqaruvida qolish yoki qolmasligi noma'lum.

Qayd etilishicha, "Real" "Kristal Pelas"dan Adam Uorton, AZdan Kes Smit va PSJdan Vitinya nomzodlarini o'rganmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: As