"Real" PSJ futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
3 iyun 2020
PSJ himoyachisi Nyanzu Kuassi Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ispan klubi yosh markaziy himoyachini kuzatmoqda va mavsumlar oralig'ida u bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

"Qirollik klubi" rahbariyati 17 yoshli o'yinchiga Serxio Ramosning ehtimoliy o'rinbosari sifatida qaramoqda.

Kuassining PSJ bilan tuzgan shartnomasi tugash arafasida va u bitim yakunlangandan so'ng erkin agentga aylanadi.


AlisherMuallif
Manba: Le10Sport