"Real" portugaliyalik futbolchini nishonga oldi

Alisher
17 apr 2024, 13:34
"Union" himoyachisi Diogu Leyte boshqa klubga o'tishi mumkin.

Jurnalist Rudi Galettining xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchining transferiga ikki klub qiziqish bildirmoqda. Gap Madridning "Real" va Leverkuzenning "Bayer" klublari haqida ketmoqda. Leytening o'zi esa mavsum so'nggida jamoasini o'zgartirishga tayyor. "Union" yaxshi pul taklif qilinsa o'yinchining kyetishiga qarshi emas.

Futbolchining transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda. Himoyachi joriy mavsum Germaniya chempionatida 27ta o'yinda maydonga tushdi va 6ta sariq kartochka oldi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti