"Real" Neymar uchun 120 mln evro va Modrichni taklif qildi

Alisher
8 avg 2019
Madridning "Real" klubi PSJ hujumchisi Neymar uchun Luka Modrich va 120 million evro taklif qilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, parijliklar "Barselona" bilan birgalikda madridliklar bilan ham muzokaralar olib bormoqda.

Madridliklar "Manchester Yunayted"dan Pogbani xarid qila olmaganlaridan so'ng bor e'tiborlarini yana Neymarga qaratishgan.

Shuningdek, "Barselona" ham braziliyalik uchun 250 million evro taklif qilishi mumkin.

Oldinroq, "ko'k-anorranglilar" Neymarni 1 yilga ijaraga olishi mumkinligi haqidagi xabarlar yangragan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.