"Real" mashg'ulotni Kopa xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshladi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2017, 21:14
"Real" kechagi mashg'ulotni jamoaning sobiq futbolchisi, 85 yoshida vafot etgan, 1958 yilda "Oltin to'p" sohibiga aylangan Raymon Kopa xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshladi.

Kopa - 1958 yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi. Bundan tashqari, u 1959 yilda Yevropaning "Kumush to'pi"ni qo'lga kiritgan. 1956-1959 yillarda Kopa "Real" sharafini himoya qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com