"Real" - "Manchester Siti" o'yini vaqtida Xolandning otasini "Santyago Bernabeu"dan chiqarib yuborishdi

Omonjon To`xtamirzayev
10 may 2023, 10:41
Xabaringiz bor, tunda YCHL yarim finali doirasida "Real Madrid" o'z maydonida "Man Siti"ni qabul qildi.

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Ingeni Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi uchrashuv (1:1) vaqtida "Santyago Bernabeu"ning maxsus sektoridan chiqarib yuborishgan.

Instant Foot"ning ma'lumotiga ko'ra, Alf-Inge o'zini haqorat qilgan ispan muxlislariga ovqatini uloqtirgan. Boshqa bir versiya bo'yicha esa forvard otasining o'zi madridlik ishqibozlarni haqorat qilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Manchester Evening News