"Real Madrid" yana bir braziliyalik futbolchini sotib oladi

Оқил Абдубарноев
2 dek 2022, 20:08
Braziliyalik iqtidorli hujumchi Endrik "Real Madrid" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Xose Manuel Moreno ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

16 yoshli futbolchi "Palmeyras" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Braziliya yoshlar terma jamoasi hujumchisini 20 million evroga baholamoqda.

Aytish joizki, so'nggi yillarda "Real" bir necha bor Braziliyadan yosh va iqtidorli futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.

"Real Madrid" Ispaniyaning amaldagi chempioni va Chempionlar Ligasi kubogining amaldagi sohibi sanaladi. Jamoa hozirda La Ligada ikkinchi o'rinda bormoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/josemorenoco