"Real Madrid" argentinalik futbolchisini jahon chempionatiga qo'yib yubormoqchi emas

Administrator
26 apr 2023
Argentina yoshlar terma jamoasi mundialda O'zbekistonga raqib hisoblanadi.

Madridliklarning yoshlar jamoasi hisoblangan "Kastilya" argentinalik yarim himoyachi Niko Pazni 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatiga qo'yib yubormoqchi emas. Ispan jamoasi futbolchini asosiy o'yinlarga kerakli deb hisoblamoqda.

Shuningdek, "Kastilya" Alvaro hamda Vinisius Tobiasga ham mundialda ishtirok etish uchun ruxsat bermoqchi emas.

Qayd etilishicha, argentinaliklar ustozi Xaver Maskerano Madridda boplib turibdi va klub rahbariyati bilan Paz masalasida uchrashmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Argentina jahon chempionatida O'zbekiston yoshlari bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Avvalroq Aleksandro Garnacho U-20 jahon chempionatida ishtirok etishi uchun Angliya kubogi finalidan voz kechmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.


AdministratorMuallif
Manba: Sudanalytics