"Real" Karvaxal bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirdi

Alisher
29 iyul 2021, 13:00
"Real" himoyachi Dani Karvaxal bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Jurnalist Melxor Ruizning ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubi ispaniyalik futbolchi bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi.

Karvaxal bilan shartnoma uzaytirilgani bugun yoki ertaga rasman ma'lum qilinadi.

Dani - "Real" tarbiyalanuvchisi. 29 yoshli himoyachi La Liga doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/partidazocope