"Real" gambiyalik forvardga qiziqish bildirmoqda. U "Bolonya" vakili

"Bolonya" hujumchisi Musa Berrou faoliyatining keyingi qismini Ispaniyada davom ettirishi kutilmoqda, deb yozadi "Calciomercato".

Manbada takidlanishicha, 22 yoshli o'yinchining xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. Ma'lumot uchun, A Seriyaning joriy mavsmida 28 o'yin o'tkazgan gambiyalik futbolchi 6 ta gol urib, 7 bor sheriklariga shunday imkoniyat yaratib bergan. Uning transfer narxi 18 mln evroga baholanmoqda.

Berrou "Atalanta" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Bolonya" tarkibiga 2020 yilda aynan bergamoliklar safidan kelib qo'shilgan edi.


Manba: Calciomercato