"Real" futbolchisini uchinchi marta ijaraga berdi

Mirjalol Normatov
1 sen 2023
"Real" 30 million evroga sotib olingan Reynerni uchinchi marta ijaraga berdi.

Hujumkor yarim himoyachi 2023/24 yilgi mavsumni A Seriyada "Frozinone" jamoasi tarkibida o'tkazadi.

Futbolchi 2020 yil yanvarida "Flamengo"dan "Real"ga o'tgandi. O'tgan mavsumni u "Jirona" tarkibida o'tkazgan bo'lsa, unga qadar ikki mavsum davomida Dortmundning "Borussiya"si uchun o'ynadi.

21 yoshli Reyner "Real" asosiy jamoasi tarkibida birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: frosinonecalcio.com