"Real" FIFA sankciyalaridan xavfsirab, Edegorni "Renn"ga o'tishiga yo'l qo'ymaydi

Aslanov Jasurbek
23 avg 2016, 14:43
"Real"ning 17 yoshli yarim himoyachisi Martin Edegor yozgi transfer oynasi paytida "Renn" safiga o'tmaydi.

Bu haqda Fransiya klubi prezidenti Rene Ryuello maslahatchisi Mikael Silvestr ma'lum qildi.

"Edegor yoshga bog'liq sabab tufayli yozda "Renn"ga o'tmaydi. "Real" tavakkal qilmoqchi emas, chunki FIFA ularga sakciya qo'llashi mumkin. U ijara asosida boshqa ispan klubiga o'tishi mumkin, ammo u har qanday holatda ham "Renn"ga o'tmaydi" - deydi Silvestr.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com