"Real" ertaga 45 mlnga sotib olgan o'yinchisini tanishtiradi

Administrator
13 avg 2025
Klub ertaga Franko Mastantuononi rasman ommaga tanishtiradi.

Madrid klubi payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da yarim himoyachi Franko Mastantuononing taqdimot marosimi bo'lib o'tishini ma'lum qildi.

Undan oldin "Real" prezidenti Florentino Peres yangi futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzolash marosimida ishtirok etadi.

Taqdimotdan so'ng argentinalik futbolchi matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Real" "River Pleyt" jamoasi o'yinchisini 45 million evrolik tovon pulini to'lab o'z safiga qo'shib olgandi. Frankoning 14 avgust kuni jamoaga qo'shilishi haqida xabar berilgandi.

Ertaga futbolchi 18 yoshga to'ladi.


AdministratorMuallif
Manba: realmadrid.com