"Real" Donnarummaga xaridor

Tolibjon Qosimov
19 dek 2016
"Don Balon" nashrining ma'lum qilishicha, "Real" klubi "Milan"ning yosh darvozaboni Janluidji Donnarummaning agenti Mino Rayola bilan aloqaga chiqqan.
"Qaymoqranglilar" unga hozirgi kiper Keylor Navasning uzoq muddatli o'rinbosari sifatida qaramoqda. "Milan"da esa yangi shartnoma tayyorlashmoqda. Uning milanliklar bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirida yakuniga etadi, Donnarummaning fikri esa ma'lum emas.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Don Balon