“Real” bo'lajak o'yinga 4 himoyachini qaydnomadan o'tkazdi. Ulardan biri “Kastilya”dan

Eldor Akmurzayev
12 may 2021, 21:25
La Liga 36-turi doirasida “Real” mehmonda 13 may kuni “Granada” bilan o'ynaydi.

Madridliklar lazaretidagi futbolchilarning aksariyati himoyachilar bo'lgani tufayli Zinedin Zidan asosiy jamoaga “Kastilya”dan 19 yoshli Migel Guterresni jalb qilishiga to'g'ri keldi.

“Granada”ga qarshi o'yinga yo'l olgan futbolchilar:

Darvozabonlar – Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube;

Himoyachilar – Eder Militao, Nacho Fernandes, Alvaro Odriosola, Migel Guterres;

Yarim himoyachilar – Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Fede Valverde, Isko, Marvin, Antonio Blanko;

Hujumchilar – Eden Azar, Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid