"Real" APL himoyachisi uchun 100 mln evro tayyorlamoqda

Nozimov Nig'monxo'ja
9 okt 2023
"Real" himoya chizig'ini kuchaytirish haqida o'ylamoqda. "Todofichajes" ma'lumotlariga ko'ra, "Arsenal" futbolchisi Uilyam Saliba Madrid giganti radarida.

Manbaning xabar berishicha, madridliklar 22 yoshli futbolchini qishda qo'lga kiritmoqchi. Biroq Salibani transfer qilish qiyin bo'ladi, chunki "kanonirlar" fransiyalik futbolchini asosiy futbolchi deb bilishadi.

Shu bilan birga, "Real" Saliba uchun 100 mln evro tayyorlayotgani qayd etilgan. Himoya chizig'idagi o'yinchilar haqida gap ketganda, bu juda katta narx.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com