"RB Leyptsig" xavbeki faoliyatini MLSda davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2023
"Nyu-York Red Bullz" "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Emil Forsbergning o'tishini e'lon qildi.

Tomonlar 1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan 3 yillik shartnoma imzolashgan.

Bitim tafsilotlari hozircha noma'lum. Futbolchi yangi klubiga yanvarda qo'shiladi.

Shved 2015 yildan beri "Leyptsig" sharafini himoya qilayotgandi. 32 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: newyorkredbulls.com