"RB Leyptsig" "Ayntraxt" himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
30 avg 2023
"Ayntraxt" himoyachisi Kristofer Lenc "RB Leyptsig" safiga ko'chib o'tdi.

Transfer summasi 1 million evroni tashkil qildi. Futbolchi yangi klubi bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik bitim imzoladi. Kristofer "buqalar" safida 3-raqam ostida harakat qiladi.

Bugun Lenc jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi. Jamoadagilar uning universalligini alohida takidlashmoqda.

O'tgan mavsum 28 yoshli nemis 34 o'yinda maydonga tushib, 2 golli uzatma etkazib berdi va 3 bor sariq kartochka ishlab oldi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rbleipzig.com