"RB Leyptsig" "Ayaks" hujumchisining shartnomasi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
12 mar 2021
Amsterdamning "Ayaks" klubi forvardi Brayan Brobbi faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradi.

19 yoshli futbolchi "RB Leyptsig"ga o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujumchi yozgi transfer oynasida erkin agent maqomida nemis klubiga o'tdai. Tomonlar 4 yilga mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishgan.

Brayan joriy mavsum "Ayaks" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RBLeipzig_EN