Rayola "Tottenxem"ga de Vreyning xizmatlarini taklif etdi

Alisher
28 iyul 2021, 09:01
Taniqli futbol agenti Mino Rayola "Tottenxem" rahbariyati bilan "Inter" o'yinchisi Stefan de Vreyning ehtimoliy transferi borasida bog'landi.

Rayola o'z mijoziga yangi klub qidirmoqda, sababi "Inter" katta o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi emas.

London klubi niderlandiyalik himoyachi borasida shoshilayotgani yo'q. Bosh maqsad murabbiy Nunu Eshpiritu Santu qiziqish bildirayotgan "Atalanta" o'yinchisi Romerodir.

De Vrey o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti