Rayola MYU uchun yana bir super transferga tayyorlanmoqda...mi?!

Mirjalol Normatov
12 may 2018
"Ayaks" futbolchisi Jastin Klyuyvertning agenti Mino Rayola Amsterdam jamoasini tanqid qildi.

"Jastin shartnomasini uzaytirmadi, demak u jamoadan ketishni istaydi. Biroq "Ayaks" u bilan shartnoma imzolab, qimmatroqqa sotishni o'ylamoqda. Xo'sh, pulga kim chanqoq? Ahmoq xalq meni futbolchini jamoadan olib ketishga undamoqda deb o'ylaydi. Biroq Jastin klubda qolishni istamayotganini ahmoq ham tushunib turibdi", - dedi Rayola.

Oldinroq 19 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ga 80 mln evro evaziga transfer qilishini borasida ma'lumotlar tarqagandi. 

Jastinning "Ayaks" bilan shartnomasi 2019 yil iyuniga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com