Rayan Giggz MYU afsonasini Uels termasiga taklif qilmoqchi
Tolibjon Qosimov
25 yanv 2018, 20:32
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz o'zining murabbiylar shtabiga "Manchester Yunayted"dagi sobiq jamoadoshi Pol Skoulzni taklif qilmoqchi.
"Men Pol bilan doim gaplashib turaman. Ish yuzasidan ko'plab insonlar bilan gaplashdim, lekin kimlar bilanligini alohida keltirmoqchi emasman. Aniqki, men Skoulzni juda yaxshi bilaman. Ko'ramiz, bundan nima chiqarkin", - dedi Giggz.