Ravshan Haydarov O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasini boshqaradi-mi?

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2014, 11:58
Sergey Lushan "Bunyodkor" FK bosh murabbiyi etib tayinlangach, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasidagi faoliyatiga yakun yasadi.
Shundan so'ng ko'pchilik muxlislarni ushbu terma jamoamiz boshqaruv postiga qaysi murabbiyning kelishi qiziqtirmoqda. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, yoshlar terma jamoamizni Ravshan Haydarov boshqaradigan bo'ldi.

9 iyun kuni Erevanga jo'nab ketadigan yoshlar terma jamoamiz, Armaniston yig'inini yakunlab kelganidan so'ng Haydarov rasman tanishtirilishi kutilmoqda. Ungacha jamoani Dmitriy Kim bilan Ilhom Mo'minjonov boshqarib turadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia