

Mazkur marosimda ishtirok etish uchun taklif etilgan O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi O'zbekiston delegaciyasi ayni paytda OFK bosh qarorgohida bo'lib turibdi.
OFK va O'FA o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, o'rtadagi o'zaro ishonchning yangi bosqichga olib chiqilishini taminlash maqsadida Ravshan Ermatov qita futbol konfederatsiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi va o'zaro aloqalar istiqboli xususida suhbatlashdi. Uchrashuv davomida Ravshan Ermatov O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi qitamiz futbol konfederatsiyasi tomonidan muntazam ravishda milliy assotsiatsiyalarni qo'llab-quvvatlash hamda ularni har jihatdan rivojlanishini taminlash maqsadida amalga oshiriladigan barcha loyiha va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashini va endilikda O'FA vakillari OFKning barcha loyihalarida faol ishtirok etishini bildirdi. Shuningdek, uchrashuvda ikki tashkilot o'zaro hamkorlikda amalga oshiradigan dasturlar, O'zbekistonda xalqaro musobaqalarning saralash va final bosqichlarini o'tkazish kabi masalalar ham muhokama etildi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O'FA rahbariyatining ushbu tashrifidan mamnun ekanini bildirib, O'zbekistonning qitada o'z o'rniga ega ekanini qayd etdi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatining yangi tarkibiga ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.



