Ravshan Ermatov MOQ raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga saylandi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2021
Bugun, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida navbatdan tashqari saylov yig'ilishi o'tkazildi.

Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga yangi nomzod saylashdan iborat edi.

Yig'ilishda Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati, sport turlari bo'yicha federatsiya va associaciya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga Irmatov Ravshan Sayfuddinovich nomzodi ilgari surildi. Kengash a'zolari tomonidan R.Irmatov nomzodi bir ovozdan maqullandi va saylandi.

Eslatib o'tamiz, Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning o'zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston Futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

Ravshan Sayfiddinovichga yangi boshlagan ish faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilab qolamiz!", - deb yoziladi minsport.uz saytida.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: minsport.uz