Raul Kumar: "Qatarga uzoqqa borish maqsadida tashrif buyurganmiz va bizdan shuni kutishmoqda"

Оқил Абдубарноев
12 noya 2025, 11:37
Xorvatiya o'smirlar terma jamoasi himoyachisi Raul Kumar U-17 jahon chempionati 1/16 finali doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Qatarga uzoqqa borish maqsadida tashrif buyurganmiz va bizdan shuni kutishmoqda. Barcha o'yinimizda sifat mavjudligi va nimalarga qodirligimizga guvoh bo'ldi. Maqsadimizga erishish uchun oxirigacha kurashamiz", dedi "Istra" klubi futbolchisi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xorvatiya o'rtasidagi bellashuv 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Хорватия футбол федерацияси