Ratino keyingi mavsum uchun rejasi va yil davomida eng noqulay bo'lgan futbolchi kimligini aytdi

Оқил Абдубарноев
9 noya 2025
Superliganing 28-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Dinamo" (1:3) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar yarim himoyachisi Jurani Francisko Ferreyra (Ratino) Championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Bugungi o'yin siz uchun qanday o'tdi?

- O'yin kutilganidek qiyin bo'ldi, ammo bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni namoyish eta oldik, qulay vaziyatlar yaratdik va ijobiy natijaga erishdik.

- Kelasi mavsum sizni boshqa jamoa safida ko'rishimiz mumkinmi?

- Hozircha bilmayman. Mavsum yakunini kutamiz. Shundan so'ng “Dinamo” rahbariyati bilan har ikki tomon uchun eng yaxshi qarorni muhokama qilamiz.

- Mavsum davomida raqib jamoalar tarkibida sizga eng ko'p qiyinchilik tug'dirgan futbolchi kim bo'ldi?

- “Nasaf” futbolchisi Oybek Bozorov. U tezkor va aqlli futbolchi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia