Rasul Yo'ldoshev: "Jamoamiz tushkun kayfiyatga tushgandi, buni engish uchun g'alaba zarur edi"

Оқил Абдубарноев
18 avg 2025
Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Rasul Yo'ldoshev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- G'alaba qozonganimizdan xursandman. Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Bellashuv qiyin o'tishini bilgandik. Sababi, "Sho'rtan" va "Surxon"ga qarshi muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng jamoa tushkun kayfiyatda edi. Undan chiqish uchun g'alaba qozonish kerak edi. 

- "Bunyodkor" yaqin vaqt ichida emas, balki mavsum boshidan beri stabil natijalarga erisha olmayapti. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Hozir hech qaysi jamoa avvalgi vaqtdagidek oson g'alabaga erishgani yo'q. Masalan, "Neftchi" "Qo'qon-1912"ga qarshi qiyinchiliklarga duch keldi. Shu bois, har bir o'yinga tayyorgarlik ko'rish lozim.

- Yozgi transferlar oynasida jamoani Hamrobekov, Kachorri singari bir qator yetakchilar tark etdi. Ularning o'rnini to'ldira olmaslik natijalarga ta’sir qilmayaptimi?

- Albatta, ularning ketishi biz uchun katta yo'qotish. Lekin ularning o'rnini to'ldirishga harakat qilyapmiz.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia