Rasmiy xabar: Shukurali Po'latov Pro liga debyutanti bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
21 yanv 2025
Universitetlar tarixida ilk bor Proliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi tajribali futbolchi bilan rasman kelishuvga erishdi.

Tajribali futbolchi Shukurali Po'latov ushbu mavsumda Pro liga debyutanti sharafini himoya qiladi. To'p tepar faoliyati davomida O'zbekistonning nomdor klublari "Neftchi",  "Navbahor",  "Bunyodkor" va "Qizilqum" jamoalari libosida harakat qilgan. 2024 yilni G'uzorning "Sho'rtan" jamoasida o'tkazdi. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "ФарДУ" матбуот хизмати