

Tizimdan foydalanish bo'yicha FIFA VAR platformasiga zarur meyoriy hujjatlar o'z vaqtida yuklandi. Shuningdek, video yordamchi hakamlar brigadasining O'zbekiston U20 ayollar terma jamoasi va “Paxtakor-W” vakillari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida qayd etgan natijalari hisoboti FIFA tomonidan qabul qilindi.
Natijada FIFA Namangan shahrida o'tadigan O'zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final uchrashuvida VAR tizimini qo'llashga ruxsat berdi.
O'FA Hakamlar va nazoratchilar bo'limi ushbu bahsga quyidagi hakamlar brigadasini VAR uchun mas'ul etib belgiladi.
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR yordamchi hakami: Timur Gaynulin
VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev



