Rasmiy xabar. OCHL doirasidagi "Sepaxon" - "Al Nasr" o'yini Toshkentda o'tkaziladi

Alisher
24 fev 2020
Toshkentdagi "Lokomotiv" stadioni Eron hamda Saudiya Arabistoni jamoalari o'rtasidagi o'yinga mezbonlik qiladi.

Xabaringiz bor, Chempionlar ligasi "D" guruhi 3-turi doirasida Eronning "Sepaxon" va Saudiya Arabistonining "Al Nasr" jamoalari o'zaro kuch sinashadi.

Shunday qilib o'yin 3 mart kuni Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning neytral hududda o'tkazilayotganiga sabab siyosiy vaziyatdir.




AlisherMuallif
Manba: the-afc.com