Rasmiy xabar: Obameyang “Arsenal” bilan yangi shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
15 sen 2020, 20:35
Gabonlik hujumchi “to'pchilar” bilan kelishuvini 2023 yilgacha uzaytirdi.

Avvalgi shartnoma esa 2021 yilning yozida yakunlanardi.

“Arsenal” afsonasiga aylanmoqchiman”, deya aytgan Obameyang shartnoma uzaytirilgani haqidagi maxsus translyatsiyada.

Avval xabar qilinganidek, yangi bitimga ko'ra Per Emerik Obameyang “Arsenal”da eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. U haftasiga 350 ming funtdan ko'proq ishlab topishi aytilmoqda.

31 yoshli o'yinchi 2018 yilning qishida “Borussiya D”dan 63,75 mln evro evaziga London klubiga transfer qilingandi. U jamoa libosida hozirgacha 111 bahsda maydonga tushib, 72 ta gol kiritishgan erishgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal