Rasmiy xabar: Jalil Kimsanov va Robbim Hasanov "Andijon"ga o'tishdi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2019
Ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi davralar oralig'ida o'z safiga bir qator futbolchilarni qo'shib oldi.

Jumladan, iqtidorli futbolchi sifatida "Rash Milk" jamoasida harakat qilgan Bahtiyor Qosimov "Andijon" jamoasi bilan rasman shartnoma imzoladi.

Shuningdek, birinchi davrani Buxoroning "Buxoro" klubida o'tkazgan Robbim Hasanov ham rasman "Andijon" futbolchisiga aylandi.

Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi to'p surgan Jalil Kimsanov ham "Burgutlar" tarkibida harakat qilishi aniq bo'ldi.


Robbim Hasanov


Jalil Kimsanov




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати