Rasmiy xabar. Ivan Yosovich - “Qo'qon-1912” futbolchisi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2020
“Qo'qon-1912” jamoasi yig'inlarida ishtirok etib kelayotgan serbiyalik himoyachi Ivan Yosovich bilan rasman shartnoma imzolandi.

Toshkentdagi yig'in chog'ida “Qo'qon-1912” klubi lageriga kelib qo'shilgan legioner futbolchi o'tgan davr mobaynida murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirdi. Bugun Yosovich jamoamiz bilan bir yillik bitim imzoladi.

Ma'lumki, so'nggi yillarda serbiyalik o'yinchilar “Qo'qon-1912” klubi safida muvaffaqiyatli to'p surib kelishmoqda. Bunga misol sifatida Darko Gojkovich va Marko Milichni aytib o'tish mumkin.


Ma'lumot uchun:
To'liq ismi
-Ivan Yosovich
Tug'ilgan sana – 27 dekabr 1989 y. (30 yosh)
Tug'ilgan shahri – Ivanica, Serbiya
Buyi: 1,85 m
Vazni: 75 kg
Ampluasi:Markaziy himoyachi
O'ynagan jamoalari:
Yavor (Ivanica) – 2010-2015
Borak – 2015
Yavor (Ivanica) – 2016 – 2019
Indjiya – 2019


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz