Rasmiy xabar: Edinson Kavani - "Manchester Yunayted" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
6 okt 2020
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati Edinson Kavanining erkin agent sifatida jamoaga o'tganini ma'lum qildi.

"Manchester uchun yaratilgandek.

Honimlar va janoblar, Edinson Kavanini tanishtirishga ruxsat bergaysiz", deb yoziladi klub rasmiy tvitterida.

Oldinroq Fabricio Romano Kavanining MYUga o'tishi aniq bo'lganini va u jamoada 7-raqamda harakat qilishini ma'lum qilgandi. Urugvaylik forvard MYU bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd