Rasmiy xabar: Dibala yozda “Yuventus”dan ketadi

Eldor Akmurzayev
22 mar 2022
Bu haqda turinliklar bosh direktori Mauricio Arrivabene xabar bermoqda.

“Yanvar oyidayoq qaror qabul qilgandik. Unga ma'lum miqdorda maosh taklif qilmoqchi edik, ammo bu futbolchiga nisbatan xurmatsizlik bo'lardi. Bu rasmiy qaror.

Bazi jihatlarni qayta ko'rib chiqdik. Vlaxovich tufayli klubda o'zgarishlar yuzaga keldi”, deydi rahbariyat vakili.

Shunday qilib, Dibala yozda erkin agent sifatida “Yuve”dan ketadi. 28 yoshli hujumchi 2015 yildan beri “keksa senora” sharafini himoya qilib kelayotgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Tuttomercato