Rasmiy xabar: Andijon rossiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2024
Yaqinda Andijon tarkibiga Moskvaning SSKA klubidan qo'shilgan iqtidorli hujumchi Luka Zgurskiy endi to'laqonli jamoamiz a'zosiga aylandi.

Boisi, futbolchi va klub o'rtasida 3 yillik shartnoma imzolandi.

Ma'lumot uchun, Luka Zgurskiy 2005 yilning 5 dekabr kuni tavallud topgan. U 10 yoshgacha Svestopol futbol maktabida shug'ullangan. Keyinchalik esa SSKA klubi akademiyasiga o'tgan. Luka 2021-2022 yilgi yoshlar ligasi chempionatida 24 ta o'yinda 18 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, 2022-2023 yilgi mavsumda 22 ta o'yinda raqiblar darvozasini 16 bor ishg'ol qilgan va 4 marta golga assist vazifasini bajargan. 2022 yilda esa Luka Zgurskiy SSKA akademiyasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Luka Rossiya U-21 terma jamoasi a'zosi sanaladi. E'tiborlisi, futbolchi terma jamoadagi debyutini 2023 yilning sentyabr oyida Buxoroda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi uchrashuvda o'tkazgan.

Luka, Andijonning ahil oilasiga xush kelibsan!, - deb yozadi Andijon matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати