

Jumladan bugun yosh futbolchi Abdug'ani Kamolov bilan shartnoma imzolandi.
Ma'lumot uchun, Abdug'ani Kamolov 2000 yilda tug'ilgan, o'ynaydigan ampulasi - himoyachi, bunga qadar "Bunyodkor" yoshlar jamoasi, "Metallurg" yoshlar jamoasi, "Buxoro" va "Andijon" klublari safida maydonga tushgan. Shuningdek, u O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zoligiga nomzod futbolchi sanaladi.
"Turon" futbol klubi Abdug'ani Kamolovning jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar yor bo'lishini tilaydi", - deb yozadi "Turon" matbuot xizmati.




