O'zbekistonlik futbolchi Kosovoga yo'l olmoqda

Sherzod Nurmatov
16 dek 2025
O'zbekistonlik himoyachi Abdug'ani Kamolov Kosovo chempionatiga ko'chib o'tmoqda.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"Hozircha uning yangi klubi nomi ma'lum emas. 

Chap qanot himoyachisi 2025 yilgi mavsumni Qirg'izistonda o'tkazdi", – deyiladi xabarda.

25 yoshli futbolchi ushbu mavsum "Bishkek Siti" tarkibida 13 o'yinda 2 ta golli pas uzatdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia