Rasman: “Yuventus” posboni ijara asosida “Jenoa”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2020
“Yuventus”ning zaxira darvozaboni Mattia Perin “Jenoa”ga qaytdi.

U ijara asosida genuyaliklar safida mavsum oxiriga qadar harakat qiladi. 27 yoshli kiper 2018 yili aynan “Jenoa”dan 12 mln. evro evaziga turinliklarga transfer qilingandi. 

Perin joriy mavsum “keksa seniora” safida birorta ham o'yinda maydonga tushmadi. 

Avvalroq, italiyalik posbonga “Benfika” qiziqayotgani haqida xabar bergandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: genoacfc.it