Rasman: "Yuventus" Manjukich bilan shartnomani uzaytirdi

27 mar 2019, 00:51
"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich klub bilan 2021 yilga qadar bitim imzoladi.

Bu haqda Italiyaning Sky Sport Italia nashri ma'lum qildi. Manbaning xabariga ko'ra, 32 yoshli forvardning yangi shartnomasida uning yillik daromadi bonuslar bilan 5,5 million evro etib belgilandi. Manjukich "keksa senora" safiga 2015 yilda kelib qo'shilgan. 

U joriy mavsum A Seriyaning 22 ta o'yinida 8 marta gol urishga erishdi. 


Manba: Sky Sport Italia