Rasman: "Yuventus" "Lill" tarixidagi eng yaxshi to'purar bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
5 iyul 2025
"Yuventus" matbuot xizmati Jonatan Devidning jamoaga qo'shilganini e'lon qildi.

Kanadalik futbolchi erkin agent sifatida Turin klubi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2030 yilgacha mo'ljallandi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli futbolchi "Lill" tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U Fransiya jamoasi tarkibida 232 o'yinda 109 gol va 30 assist qayd etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: juventus.com