​Rasman: Xese “Betis”ga o'tdi

“Betis” navbatdagi transferni amalga oshirdi.

“Betis” PSJdan ispaniyalik hujumchi Xese Rodrigesni ijaraga oldi. Transfer shartlari hozircha ochiqlanmayapti. 25 yoshli Xese joriy mavsum atigi 1 daqiqa maydonda harakat qildi. U ham bo'lsa Fransiya kubogida “Strasburg”ga qarshi.

Xeseni “Betis” jamoa bosh murabbiyi Kike Setenning o'zi taklif qilgan. Ular birgalikda “Las-Palmas”da ishlagan.


Manba: “Бетис” расмий сайти