Rasman: Xalkning keyingi jamoasi ma'lum

Alisher
30 yanv 2021
"Shanxay SIPG" sobiq hujumchisi Xalk faoliyatini vatani, yani Braziliyada davom ettiradi.

"Atletiko Mineyro" futbolchining transferini e'lon qildi.

34 yoshli o'yinchining shartnomasi 2022 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan. O'yinchi yakuniy bitimga tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng imzo chekadi.

Xalkning so'nggi klubi "Shanxay SIPG" bo'lgan edi, futbolchi klub safida 2016-2020 yillarda o'ynadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Atletico