Rasman: Vitaliy Denisov “Rotor” futbolchisiga aylandi

Eldor Akmurzayev
16 yanv 2020
O'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov rasman “Rotor” a'zosiga aylandi, deya xabar beradi volgagradliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari.

Avvalroq, Denisov mazkur klubning Turkiyadagi yig'inlariga qo'shilgani hamda mavsum oxiriga qadar “Rotor” bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik

32 yoshli futbolchi yangi klubi safida 29 raqam ostida harakat qiladi. Vitaliy joriy mavsum yarmini “Rubin”da o'tkazdi va barcha musobaqalarda 9 o'yinda ishtirok etdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/RotorOfficial