

"Vest Xem" klubi rasman Denni Ingz transferini e'lon qildi. 30 yoshli futbolchi "Aston Villa"dan "Vest Xem"ga kelib qo'shildi. Ingz "Vest Xem" bilan 2025 yilgacha shartnoma tuzdi.
Ushbu transfer qiymati 12+3 mln funt ekanligi avvalroq xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun, "Aston Villa" 2021 yilda Denni Ingzni "Sautgempton"dan 25 mln evro evaziga sotib olgandi.



