Rasman: Vensan Abubakar Jaloliddin Masharipovning jamoadoshiga aylandi!

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2021
Kamerunlik hujumchi Vensan Abubakar Turkiyaning "Beshiktosh" klubini Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasiga almashtirdi.

29 yoshli hujumchi "Al Nassr" bilan 3 yillik shartnoma tuzdi. U yiliga 5 million evro ishlab olishi ma'lum qilindi.

Xabarlarga qaraganda, futbolchi uchun "Al Ittihod" ham davogarlik qilgan va 3 yil ichida 13 million evro maosh to'lishini aytgan, ammo forvard yakunda "Al Nassr"ni tanlashga qaror qilgan.  

Ma'lumot uchun,  O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Jaloliddin Masharipov aynan "Al Nassr" futbolchisi sanaladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia